AQSh Eron xalqaro yadroviy bitimga rioya qilayotganini tasdiqladi

  • Amerika Ovozi

Erondagi yadroviy inshoot, Arak reaktori, arxiv surat, 2011-yil

AQSh hukumati Eron 2015-yilda imzolangan xalqaro yadroviy bitim shartlarini bajarayotganini tasdiqladi.

AQSh qonuniga ko’ra, Davlat departamenti har 90 kunda bitim ijrosi haqida Kongressga hisobot berib turishi kerak.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif shartnoma imzolanganining ikki yilligi munosabati bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Nyu-Yorkda uchrashdi.

Guterrishning aytishicha, 2015-yilgi bitim Eron yadro quroli yaratmayotganini nazorat qiluvchi va tasdiqlovchi samarali choradir.

AQSh Prezidenti Donald Tramp bitimni tanqid qilib kelgan. Oq uy ayni damda uni ko’rib chiqmoqda.