Amerika Fors ko’rfazida harbiy mashqda, Eron submarina jo’natdi

  • Amerika Ovozi
Qo’shma Shtatlar va ittifoqchi davlatlar Fors ko’rfazida harbiy dengiz mashqlari o’tkazar ekan, Tehron hududga submarina va esminets jo’natgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish



Mashqlarni diqqat bilan kuzatayapmiz, deydi Eron rasmiylari. Mintaqa davlatlari o’z xavfsizligini ta’minlashga qodir va xorij davlatlari aralashuviga hojat yo’q, deydi ular.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton kecha Eron bosh muzokarachisi Said Jaliliy bilan Turkiyada uchrashib, islomiy respublika yadro dasturi haqida gaplashib olgan.

Eshton va Jaliliy iyunda muzokara qilib, bir to’xtamga kelolmagan edi.

Tomonlar kelasi hafta BMT Bosh Assambleyasi doirasida masala muhokamasiga qaytish niyatida.

G’arb Tehronni ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda ayblab, izlanishlar haqida ochiq-oydin gapirishni talab qilib keladi.

Eron esa tinch tibbiy va energetik maqsadda yadroviy tadqiqotlar o’tkazishga haqlimiz, deya javob qiladi.