Eron, Amerika yana muzokara stoliga qaytdi

  • Amerika Ovozi

Eron muzokarachilari Shveysariyada. 27-mart, 2015-yil.

Tehron yadro dasturiga doir kelishuv uchun belgilangan dastlabki sana - 31-mart yaqinlashar ekan, Amerika va Eron muzokara stoliga qaytdi.

Davlat kotibi Jon Kerri Sheysariyada bugun, juma kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan ko'rishayapti. Ikkisi payshanba kuni ham gaplashgan va murosa yaqin, demoqda.

Xitoy, Britaniya, Fransiya, Rossiya, AQSh va Germaniya Eronni yadroviy dasturini qisqartirishga, xususan, uranni kamroq boyitishga da'vat etayapti. Yetarli darajada boyitilgan uran ommaviy qirg'in qurolini yaratishda zarur modda hisoblanadi.

Evaziga Tehronga qo'yilgan sanksiyalarni yumshatmoqchi. Payshanba kuni Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bu boradagi pozitsiyasi bitilgan xatni muzokarachilarga yo'lladi. Maktub tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

Biroq Ruhoniy Twitter tarmog'idagi bayonotida Eronga qo'yilgan adolatsiz sanksiyalarni darhol bekor qilishga undagan.

AQSh boshliq ittifoqchilar esa sanksiyalar bosqichma-bosqich olib tashlanadi, deydi.