Eronda ikki amerikalik qamoq jazosiga mahkum etilgan

  • Amerika Ovozi

Mahbuslar, Sheyn Bauer va Josh Fattal, chegarani buzmaganini, Iroq Kurdistoni tog’larida sayr qilib yurganida Eron zobitlari ularni ushlab olib ketganini aytadi.

Eronda 2009 yildan beri qamoqda saqlanayotgan ikki amerikalik josuslik va chegarani buzganlikda aybdor deb topilib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Aslida Eron-Iroq chegarasida uch kishi hibsga olingan edi, ammo ulardan biri, Sara Shurd, tovon evaziga qo’yib yuborilgan.

Mahbuslar, Sheyn Bauer va Josh Fattal, chegarani buzmaganini, Iroq Kurdistoni tog’larida sayr qilib yurganida Eron zobitlari ularni ushlab olib ketganini aytadi.

Amerika hukmdan norozi va o’z fuqarolari darhol ozod etilishini so’rab keladi.

Yaqinda Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy sud bu insonlarni qo’yib yuboradi deya umid bildirgan edi.