AQSh Eron raketa sinovlari yuzasidan chora ko'radi

  • Amerika Ovozi

Sinov payti

Eron joriy hafta ikkita ballistik raketani sinovdan o’tkazganini ma’lum qilgach, Qo’shma Shtatlar qanday chora ko’rish kerakligi ustida o’ylanmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning aytishicha, Tehron qo’shimcha sinovlar o’tkazishi mumkin.

Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbiga ko’ra esa, Qo’shma Shtatlar BMT orqali yoki bir tomonlama chora ko’rishi mumkin.

Davlat kotibi Jon Kerri Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan sinov yuzasidan gaplashgan, ammo suhbat tafsilotlari ma’lum emas.

Yirik davlatlar va Eron o’tgan yili imzolagan yadroviy bitim shartlariga ko’ra, Tehron yadro qurollarini tashishga moslangan ballistik raketalarga doir faoliyatdan, xususan bunday raketalar sinovidan o’zini tiyishi kerak.

"Qadr H" deb nomlangan raketa uzoq masofali bo'lib, yerdan uchirilishga moslangan.