Vakillar palatasi: Eron hibsdagi uch amerikalikni qo'yib yuborsin

  • Amerika Ovozi

Jurnalist Jeyson Rezayan, "Vashington Post" gazetasi muxbiri.

AQSh Vakillar palatasi Eronni hibsdagi uch amerikalikni ozodlik qilishga chaqirmoqda.

Qonunchilar ma'qullagan rezolyutsiya hibsdagi jurnalist Jeyson Rezayan, ruhoniy Said Obidiniy va Amir Hikmatiyni qo'yib yuborishga undaydi.

Rezayan o'tgan yili ushlanib, hozir josuslikda ayblanayapti. Obidiniy 2012-yilda nasroniylar yig'inlariga bosh bo'lgani uchun ushlangan.

Hikmatiy esa iste'fodagi harbiy; 2011-yilda buvisini ko'rishga borganida hibsga olinib, josuslik aybi bilan o'limga hukm qilingan. Keyinroq uning jazosi 10 yilga kamaytirilgan.

Eslatib o'tamiz, Eron, AQSh va jahonning yirik davlatlari Tehron yadro dasturi yuzasidan 30-iyungacha bitim imzolashi kerak.

Your browser doesn’t support HTML5

Saylov-2016: Eron dolzarb masala

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Kongressi va Eron