Iroqning Falluja shahri al-Qoida qo'lida

  • Amerika Ovozi

Bag'dod yaqinidagi Falluja shahri ko'chalari bom-bo'sh. 3-yanvar, 2014-yil.

Iroq hukumati bir necha kunlik olishuvlar ortidan Falluja shahrini al-Qoida jangarilariga boy bergan.

Rasmiylarning matbuotga aytishicha, shahar hozir Iroq va Suriya islomiy davlati nomli guruh nazoratida.

Guvohlarning so’zlariga ko’ra, Bag’doddan 60 kilometr naridagi Anbar viloyatida joylashgan bu shaharda askarlar, politsiyachilar yo’q.

Kecha jangarilar Fallujadagi hukumat binolari uzra o’z bayrog’ini ko’tarib, mustaqil islomiy davlat e’lon qilgan.

AQShning Iroqdagi harbiy kampaniyasi paytida Anbar viloyati eng qonli janglarga guvoh bo’lgan. Hududda 1300 dan ziyod amerikalik askar jon bergan.

Bugungi janglar va fuqarolik urushi haqidagi xavotirlar bosh vazir Nuri al-Malikiy hukumati uchun jiddiy sinov deya ko’riladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Iroq kelajagi - US/Iraq