AQSh Mosulda jangarilar moliya omborini portlatdi

  • Amerika Ovozi

Mosul, Iroq

Amerika jangovar samolyoti Iroqning Mosul shahrida jangarilarning moliyasi saqlanadigan imoratni bombardimon qilgan.

"Islomiy davlat" to'dasining millionlab dollar mablag'ini kulga aylantirdik, deya tasdiqlaydi Pentagon.

Amerika mudofaa rasmiylarining aytishicha, neft savdosi, o'g'rilik va moliya undirishlar orqali jamg'arilgan pul bu. Aynan qancha mablag' yo'q qilingani noma'lum.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya terrorchi guruhning moliya inshootlari va tarmoqlarini havodan bombardimon qilishga zo'r berayapti.

Iroqning ikkinchi eng yirik shahri Mosul 2014-yilning avgustidan beri "Islomiy davlat" to'dasining qo'lida.

Iroqning Sinjar shahri "Islomiy davlat" dan ozod etildi