Iroqda qonli hujum - 120 kishi halok bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Iroq sharqidagi Diyala viloyatida, gavjum bozorda mashina porlashidan 120 kishi halok bo'lgan, jumladan, ayollar va bolalar. Bu "Islomiy davlat" to'dasi sodir etgan eng qonli hujumlardan biri, deydi rasmiylar.

Voqea shialar yashovchi Xan Bani Saad shahrida ro'y bergan. Jangarilar uch tonna bombani mashinaga joylashtirgani haqida bayonot berdi.

Hujum Ramazon oyi tugashi munosabati bilan bozorda savdo qizigan bir paytda uyushtirilgan. Yon atrofdagi binolarga ham zarar yetgan.

Iroq parlamenti spikeri Salim al-Jaburiyga ko'ra, "Islomiy davlat" bu bilan mazhablarni bir-biriga qarshi qayramoqda.

Jangarilar o'tgan yili Diyala viloyatining bir qismini bosib olgan edi. Iroq va kurd qurolli kuchlari keyinchalik bu hududlarni ozod etgan.