Iroq armiyasi Tikritni qaytarish uchun hujumga o'tdi

  • Amerika Ovozi

Iroq qo'shinlari. Bag'dod yaqini. 1-mart, 2015.

Iroq qo'shinlari va ittifoqchi jangchi guruhlar Bag'doddan shimolda "Islomiy davlat"ning manzillariga hujumni boshladi. Maqsad Tikrit shahrini jangarilardan qaytarib olish.

Harbiy havo kuchlari va piyoda qo'shinlar bir necha frontda hujumga o'tgan, deydi harbiylar.

"Islomiy davlat" o'tgan yilning iyunidan beri Tikrit shahrini qamal qilib keladi. O'shanba jangarilar shimoldagi bir necha shahar va viloyatlarni, jumladan, Iroqning eng yirik shaharlaridan Mosulni yoppasiga bosgan edi.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy sunniy qabilalardan yollangan jangarilarni "Islomiy davlat" safini tark etishga da'vat etayapti. Bunday fuqarolarni avf etishga va'da beramiz, deydi u.

Iroq armiyasi va kurd jangarilari aprel yoki may oylarida Mosulni qaytarish uchun hujumga kirishishi kutilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" ga qarshi strategiya - Obama/ISIL

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh kurd jangchilariga yordamni oshiradi