Musulmonlar "film" yuzasidan AQShni la'natlashda davom etmoqda
Amerika Ovozi
Bangladesh, 22-sentabr, 2012
Bangladeshda minglab musulmonlar ko’chaga chiqib, Amerikada ishlangan va Muhammad payg’ambarni masxara qiluvchi videoni qoralamoqda.
Namoyish islomiy guruhlarning ishi, deydi Bangladesh rasmiylari. Odamlar xavfsizlik kuchlarini toshbo’ron qilgan. Mashinalarga o’t qo’yilgan, do’kon va savdo markazlari vayrona. O’nlab odamlar buzg’unchilikda ayblanib, hibsda.
Islomiy guruhlar ittifoqi esa butun mamlakatni namoyishlarga chaqirmoqda.
Pokiston va Nigeriyada ham keng ko’lamli chiqishlar kuzatildi. Pokistonda 17 kishi o’lgan.
Afg’oniston, Hindiston, Shri Lanka, Bangladesh, Iroq, Livan va Indoneziyada ham Amerika bayrog’i va prezident Barak Obamaning suratlari yoqilgan.
Your browser doesn’t support HTML5
Ekstremizmga ekstremist javob/Extremism and Free Speech
Your browser doesn’t support HTML5
Amerika musulmonlari "film" haqida nima deydi? US Muslim Reactions