Suriya muxolifati "Islomiy davlat"ni muhim shahardan haydadi

  • Amerika Ovozi

Turkiya-Suriya chegarasi, Tal Abyad

Suriyada muxolif kuchlar va kurd jangchilari Turkiya bilan chegara yaqinida muhim shahardan "Islomiy davlat" guruhini haydab solishga muvaffaq bo'lgan. Tal Abyad shahridan qochayotib jangarilar minalar joylab ketgani ma'lum.

Shu tariqa jangarilar yirik shahar Raqqadan uzilib qolgan. Bu yo'l orqali "Islomiy davlat" guruhi Suriyadagi jangarilarni qurol va jangchilar bilan ta'minlab kelayotgan edi. Bundan tashqari, bu yo'ldan qora bozorga neft yetkazib turilgan, bundan jangarilar daromad olayotgan edi.

Hududdagi olishuvlar minglab oddiy suriyaliklarni uyini tashlab, qo'shni Turkiyaga qochishga majbur qilgan.

Turkiya hukumati bu to'qnashuvlar chegarada qochqinlar bilan bog'liq shundoq ham og'ir ahvolni yanada qiyinlashtiradi, deya xavotirda. Anqara nazarida tanazzul bois hududdagi kurd isyonchilariga ham jon kirib, ular bo'lginchilik kayfiyatini yanada avj oldirishhi mumkin.

Bu orada, Birlashgan Millatlar Tashkiloti elchisi Staffan de Mistura Damashqqa safar qilib, Suriya hukumati vakillari bilan muzokara qilayapti. Maqsad - sulhga erishish.

Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda