Isroil harbiy aviatsiyasi G’azo Sektorini havodan o’qqa tutgan

  • Amerika Ovozi

G'azo shahri Isroil havo hujumidan so'ng

Yakshanba tunda Isroil harbiy aviatsiyasi G’azo Sektorini havodan o’qqa tutgan. Bu mamlakat Mudofaa vazirligining bildirishicha, hujum XAMAS va “Islomiy jihod” guruhlari Isroilga otgan raketalarga javob bo’ldi. G’azodan kelgan hujum natijasida isroillik bir fuqaro nobud bo’lgan, raketalarning aksariyatini Isroilning “Temir gumbaz” havo mudofaasi sistemasi urib tushirgan.

Falastinliklarning bildirishicha, Isroil hujumida uch kishi o’lgan, to’qqiz nafari yaralangan.

Qo’shma Shtatlar zo’ravonliklarda XAMASni ayblab, Isroil o’z hududini mudofaa qilishga haqqi bor ekanini ta’kidlamoqda.

Parijda Birinchi jahon urushi yakuniga bag’ishlangan tadbirda qatnashgan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu vataniga erta qaytishga majbur bo’ldi.