AQShning Isroildagi elchixonasi Quddusga ko'chirildi

  • Amerika Ovozi

AQShning Quddusdagi elchixonasi

AQSh elchixonasi Quddusga ko'chirilar ekan, G'aza sektorida ro'y bergan namoyishlarda kamida 55 falastinlik halok bo'lgan, minglab odam yaralangan. Bu raqamlar oshib borishi kutilyapti.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uning davlati sektorda hukmron HAMAS guruhidan o'zini himoya qilayotganini aytadi. Falastin ma'muriyati voqeani "qirg'in" deb atadi. BMT esa inson huquqlari qo'pol buzilgani haqida bong urmoqda.

AQSh Isroil davlatiga asos solinganining 70 yilligida Quddusda yangi elchixonasini ishga tushirdi. Quddus sharqini bo'lajak poytaxt deb bilan falastinliklar namoyishlar uyushtirdi.

Prezident Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgani jahon bo'ylab qoralangan. Isroil esa qarorni tarixiy deb olqishlamoqda.

Tramp elchixonaning ochilish marosimiga videomurojaat yo'llagan. Marosimda uning qizi va maslahatchi Ivanka Tramp hamda kuyovi Jared Kushner qatnashgan. (VIDEO)