Isroil AQShning Birlashgan Arab Amirliklariga F-35 rusumidagi ilg’or qiruvchi samolyotlarini sotish rejasiga qarshi chiqmoqda. Isroil matbuotiga ko’ra, amirliklar AQSh vositachiligida Isroil bilan aloqalarni normallashtirganidan so’ng Tramp ma’muriyati unga samolyot sotishga qaror qilgan.
Your browser doesn’t support HTML5
Xalqaro hayot – 18-avgust, 2020-yil
Isroil Mudofaa vaziri Benni Gantsning aytishicha, Birlashgan Arab Amirliklari bilan aloqalar o’rnatilganiga qaramay, Isroil o’z xavfsizlik manfaatlarini yoddan chiqarmasligi kerak.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu idorasi tarqatgan bayonotda aytilishicha, Isroil mintaqada harbiy ustunligini zaiflashtiruvchi har qanday qadamga qarshi.
AQShning Quddusdagi elchixonasi va Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari Isroil matbuotidagi ushbu xabarni izohlagani yo’q.
Isroil AQShdan ko’p funksiyali F-35 qiruvchi samoloyotlarini sotib olgan, biroq arab davlatlariga sotilishiga e’tiroz bildirib keladi.
O’tgan hafta Tramp ma’muriyati Isroil va amirliklar o’rtasidagi bitim haqida e’lon qilganida Abu-Dabi bilan qurol savdosi haqida og’iz ochgan, ammo masalaga oydinlik kiritmadi.