Isroil sudi amerikalik oilaning da'vosini qondirmadi

  • Amerika Ovozi

Livanda Amerikaga qarshi namoyish. Odamlar tinchlik faoli Reychel Korrining portretini ko'tarib turibdi. 6-iyun, 2012-yil.

Isroil sudi 2003-yili G’azo Sektorida buldozer ostida qolib ketgan amerikalik faol oilasining armiyaga qarshi da’vosini qondirmagan.

Reychel Korrining oilasiga ko’ra, Isroil harbiylari ularning 23 yoshli qizini ataylab o’ldirgan.

Biroq Xayfa sudi armiyani barcha ayblovlardan ozod qilgan.

Sud hukmida aytilishicha, davlat harbiy sharoitdagi hodisalar uchun javobgar bo’la olmaydi.

“Korri G’azo Sektorida har kuni otishma bo’lishini bilgan holda u yerga kirgan.

Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti o’z fuqarolariga G’azoga kirmaslikni tavsiya qiladi” deyiladi hukmda.

Buldozer haydovchisi falastinliklar tomonida turib, uylarining buzilayotganiga qarshi namoyish qilgan Korrini ko’rmaganini aytadi.

BMT hisobiga ko’ra, Isroil armiyasi to’rt yilda 17 mingdan ziyod falastinlikni uysiz qoldirgan.