Din

2,3 million musulmon haj amalini ado etdi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Dunyo musulmonlari Qurbon hayitini nishonlamoqda. Bu yilgi haj mavsumi yakuniga yetar ekan, juma kuni ziyoratchilar “shaytonga tosh otish” marosimini amalga oshirdi.

Mino yaqinidagi Jamarotda musulmonlar maxsus devorlarga tosh otib, ramziy ma’noda shaytonni jazoladi. Bu haj amalining muhim ruknlaridan biri sanaladi.

Shuningdek, musulmonlar haj davomida Makkadagi muqaddas Ka’bani yetti marta aylanib tavof qildi. Bu yerda payg’ambar Ibrohim alayhissalom ilk ibodatxonani qurgani aytiladi.

Haj islomning besh arkonidan biri hisoblanadi. Sog’lom, balog’atga yetgan, ozod va boyligi yetadigan har bir musulmonga umrida bir marotaba haj qilish farz.

Saudiya Arabistoni bergan ma’lumotga ko’ra, besh kunlik haj ziyorati uchun butun dunyodan 2,3 million musulmon kelgan.