Bugungi dunyo suratlarda - 11-iyun, 2024
Prezident Volodimir Zelenskiy Ukrainani qayta tiklash bo'yicha konferensiya doirasidagi matbuot anjumanida, Berlin.
Qurbon hayiti arafasida mol bozoriga yo'l olgan savdogarlar, Daka, Bangladesh.
Tailand bozorida yong'inda qolgan jonivorlar
Isroil kuchlari qishloq xo'jaligi yerlariga bergan zarbalar natijasida yaralangan falastinlik Al-Aqso shifoxonasiga keltirildi
Braziliyada o'rmon va butazor yong'inlari tutuni
Hindistonda eng uzoq jazirama kunlar mavsumi davom etmoqda
Germaniya Ukrainani qayta tiklash bo'yicha konferensiyaga mezbonlik qilar ekan, amputantlar uchun protezlar namoyish qilindi, Berlin.
Isroilliklar AQSh davlat kotibi Entoni Blinken tashrifi chog'ida G'azoda sulhga erishish va garovga olingan fuqarolarni ozod etish talabi bilan namoyishga chiqdi, Tel-Aviv.
Xanter Bayden 2018-yil o'qotar qurol xarid qilish jarayonida qo'l urgan jinoiy ishlar bo'yicha to'liq aybdor deb topildi, Delaver shtati.
Sud hay'ati qaroriga ko'ra, prezidentning o'g'li qurol xarid qilish uchun to'ldiriladigan formada giyohvandlik moddalarini noqonuniy qabul qilishi va giyohvand bo'lganini qayd etmagan. AQSh qonunlariga ko'ra, sudya bunday jinoyat uchun 25 yilgacha qamoq jazosini belgilashi mumkin. Biroq bu ilk jinoiy ayblov bo'lgani bois jazo yengilroq belgilanishi aytilmoqda.
AQShda noyabr oyida kutilayotgan prezident saylovi oldidan respublikachilardan Oq uyga da'vogar Donald Tramp sud hay'ati tomonidan aybdor topilgan edi. Navbat demokrat prezident Jo Baydenning o'g'liga yetdi. Har ikki shaxs ayblovlar siyosiy maqsadlarga asoslanganini iddao qilmoqda.
Prezident o'g'lining adolatli sud qilinishiga aralashishdan tiyilib, bu mavzu bo'yicha biror ji