Bugungi dunyo suratlarda - 24-yanvar, 2019

Klon maymunlar. Xitoy Fanlar akademiyasi, Shangxay

An'anaviy Jahon iqtisodiy forumi davom etar ekan xavfsizlik xizmati xodimi navbatchilik qilmoqda. Davos, Shveysariya

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro iste'fosini talab qilayotgan namoyishchilar xavfsizlik xizmati kuchlari bilan to'qnash kelgan 

Jonivorlar dafn marosimini o'tkazadigan kompaniyada kuchuk tanasiga maxsus kiyim kiydirilmoqda. Janubiy Koreya

Amerikada hukumat ishi qisman to'xtatilgani bois maoshsiz ishlayotgan qirg'oq xavfsizligi xodimlariga ko'ngillilar bepul oziq-ovqat yetkazib bermoqda. Nyu- Xempshir

Kongo Demokratik Respublikasining yangi saylangan prezidenti qasamyod qabul qilishidan avval uni qo'llab-quvvatlayotgan aholi

Respublika kuni paradiga tayyorgarlik. Nyu-Deli, Hindiston