Bugungi dunyo suratlarda - 26-yanvar, 2024

Hindiston harbiylarining Respublika kunidagi marshi, Dehli. 

Nepalda qo'lga olingan noyob qor qoploni Katmandu hayvonot bog'iga topshirildi
 

Isroil kuchlari quruqlikdan hujumlarni davom ettirar ekan, Xon-Yunus shahri aholisi G'azo sektorining janubiga bosh olib ketmoqda. G'azoda o'limlar soni 26 mingdan oshdi. Isroil kuchlari 25-yanvar kuni BMT ning sektorda minglab falastinliklar panoh topgan ta'lim markaziga zarba bergan, kamida 12 kishi halok bo'lgan.

Fransiyada yuqori narxlar, soliqlar va yashil iqtisod tamoyillari asosidagi bosimdan norozi fermerlar traktorlarda namoyishga chiqdi, Parij tevaragi. 

Isroil harbiy mashinasiga bog'langan o'yinchoq, Isroil-G'azo chegarasi. 

Oy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami arafasida Uxanda qatnovga hozirlanayotgan tezyurar poyezdlar, Xitoy. 

Muzlagan Moskva daryosi uzra ko'rinib turgan Kreml

Sanoda AQSh boshchiligida xusiylar pozitsiyalariga berilayotgan havo zarbalariga qarshi namoyish, Yaman. 

Kuala-Lumpurda Oy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami arafasidagi manzara

Baxmut tevaragida xizmat qilayotgan ukrain askari qorga farishta aksini tushirishga urinmoqda