Bugungi dunyo suratlarda - 30-yanvar, 2024

Politsiya katta soliqlar, elektr va yoqilg'i narxlarining oshirilishiga qarshi muxolifat tarafdorlari boshlagan namoyishni bostirishga urinmoqda, Kolombo, Shri-Lanka. 

30-yanvar kuni G'arbiy Sohilning Jenin shahridagi Ibn Sino shifoxonasiga ayollar va tibbiyot xodimlari kiyimida bostirib kirgan Isroil harbiylari uch kishini otib o'ldirdi. Harbiylar XAMASga aloqador shaxslar Isroilga hujum qilish maqsadida shifoxonada yashiringanini iddao qilmoqda. Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi jahion hamjamiyatidan Isroilga bosim o'tkazib, shifoxonalarga hujumni to'xtatishga chaqirmoqda. Shifoxona ma'muriyatining bildirishicha, o'ldirilganlardan biri zotan og'ir ahvolda to'shakka mixlanib qolgan shaxs bo'lganini ma'lum qildi. Isroil so'nggi to'rt oy mobaynida G'arbiy Sohilda XAMASga aloqadorlikda gumonlangan qariyb 3 ming falastinlikni hibsga olgan.

 

Isroil harbiylari G'azoga qaytargan falastinliklarning jasadi ommaviy qabrga qo'yilmoqda, Rafah shahri. 

Ukraina Havo mudofaasi askarini xizmat chog'ida suratga olayotgan operator, Kiyev tevaragi. 

Pokistonda noma'lum qurollangan shaxslar hujumiga uchragan yuk mashinasi

Xitoy sharqida Oy taqvimi bo'yicha yangi yil bayrami arafasidagi manzara

Ispaniya shimolida karnavalga yo'l olgan juftlik