Bugungi dunyo suratlarda - 31-yanvar, 2025

Pekinda Oy taqvimi bo'yicha yangi yil tantanalarining uchinchi kuni

Livan janubida Isroil-Hizbulloh o'rtasidagi janglardan keyin vayron bo'lgan uyiga qaytgan oila

Germaniyada kiyiklarni aldab chorlash bo'yicha musobaqa g'oliblari

Hindiston shimolidagi Kumbxa-Mela diniy festivali: Har 12 yilda bir marta o’tadigan festivalda ziyoratchilardan biri muqaddas hisoblangan Ganga va Yamuna daryolari qo’shiladigan joyda yuvinmoqda. Olti hafta davom etadigan bayramda 450 million odam qatnashmoqda. 

Falastinliklar XAMASning harbiy qanoti sanalgan Izzadin al-Qasam brigadasining 15 jangchisi janozasida, Xon-Yunus shahri, G'azo sektori. 
 

Qozog'istonda Raqamli texnologiyalar forumi o'tmoqda

Serbiyada ikki oy avval 15 kishining o'limiga sabab bo'lgan fojia bo'yicha norozilik namoyishiga chiqqan talabalar stadionda tunamoqda.