Bugungi dunyo suratlarda - 7-yanvar, 2025

Xitoyning janubi-g'arbidagi avtonom hudud - Tibetda 7-yanvar kuni 6,8 balli zilzila qayd etildi. Kamida 126 kishining o'limi tasdiqlangan. Yuzlab turarjoylar vayron bo'lgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari hanuz davom etar ekan, qurbonlar soni oshishi ham mumkin.

Tebranish episentri dunyoning eng baland sanalgan Everest tog'laridan 80 kilometr shimolda qayd etilgan. Yerosti silkinishi qo'shni Nepal, Butan va Hindistonda ham sezilgan.

AQSh Geologiya xizmati bayonotiga ko'ra, mahalliy vaqt bilan 9:05 da yuz bergan zilzila kuchi 7,1 ballga teng bo'lgan.

 

G'azo shahrida pravoslav qatlami vakillari Rojdestvoni nishonladi

G'azo sektorining Dayral Balah hududida Isroil hujumlaridan himoyalanish uchun chuqurlikda jon saqlayotgan oila

Hindistonda metapnevmovirus tarqagani haqidagi xabarlar ortidan devorda niqob taqib yurishga da'vat qilingan surat

Qish bo'roni arafasidagi Kaliforniya osmoni

Vashington shtatida qish manzarasi

Shimoliy Koreya 6-yanvar kuni gipertovushli raketa sinovini o'tkazdi

Hindistonning Assam shtatida shaxtada qolib ketgan konchilarni qutqarish jarayoni

Angliya shimolidagi manzara