Bugungi dunyo suratlarda - 8-yanvar, 2020

Ukraian xalqaro aeroporti xodimi fojiani dahshat bilan qabul qildi. 8-yanvar tongida halokatga uchragan Tehron-Kiyev aviareysida halok bo'lganlar ichida Ukraina fuqarolari ko'pchilik emas. Yo'lovchilardan 82 nafari Eron va 63 nafari Kanada fuqarolari bo'lgan. Ukrainaning "Boeing-737" samolyoti bortida bo'lgan 176 kishining barchasi o'lgan.

8-yanvar tongida halokatga uchragan Tehron-Kiyev aviareysida halok bo'lganlar ichida Ukraina fuqarolari ko'pchilik emas. Yo'lovchilardan 82 nafari Eron va 63 nafari Kanada fuqarolari bo'lgan. Ukrainaning "Boeing-737" samolyoti bortida bo'lgan 176 kishining barchasi o'lgan.

Aviahalokat Eron poytaxtidagi Imom Xumayniy aeroporti yaqinida yuz bergan. Voqea joyida qutqaruv xodimlari ishlamoqda.

Bangladeshda g'isht zavodida ish jarayoni

Namoyishchilar poyezd yo'llarini to'sib qo'ygani uchun yo'lovchilar ortga qaytmoqda. Amritsar, Hindiston. 

Jamoat transportlari xizmati uchun narxlarning oshirilishiga qarshi namoyishchilarni bostirishga urinayotgan politsiya xodimlari. Braziliya.  
 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Suriya rahbari Bashar al-Asad ibodatxonada. Damashq, Suriya. 

Kun botar ekan, syorfing davom etmoqda. Kardif, Kaliforniya shtati. 

Germaniyada kun botmoqda

Manilada matras sotuvchisi. Filippin. 

Isinish uchun bir-birini quchgan maymunlar. Nepal.