Jomolungma cho'qqisiga yetaman deb yo'lga chiqqanlardan darak yo'q

  • Amerika Ovozi

Nepal Everest Avalanche

Himalay tog’larida qor ko’chishi natijasida 13 nepallik o’lgani ma’lum.

Jomolungma cho’qqisiga yetaman deb yo’lga chiqqan bir necha sayohatchidan esa darak yo’q. Ularni qutqarish uchun harakat ketmoqda lekin hozircha samarasiz.

Jomolungma cho’qqisi dunyodagi eng balandi va unga yetish hammaga ham nasib etavermaydi. Xavfli missiya davomida o’lganlar, g’oyib bo’lganlar ko’p.

Odatda alpinistlar mahalliy yo’l ko’rsatuvchilar, yordamchilar yollaydi. Ularni sherpa deb atashadi.

May oyining boshi cho’qqiga ko’tarilish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.

1953-yildan beri Jomolungmaga 4000 odamning qadami yetgan. Qariyb 250 inson u yerga yetmay halok bo’lgan.