2014-yilda dunyoda 60 ta muxbir nobud bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Matbuot erkinligi masalalari bilan shug'ullanuvchi Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi hisobiga ko'ra, joriy yilda kamida 60 jurnalist 21 mamlakatda kasbini ado etayotib halok bo'lgan. Shulardan 23 foizi xorijiy muxbirlar.

Bu holatni 1992-yildan beri o'rganib kelayotgan guruhga ko'ra, so'nggi 22 yilda nobud bo'lganlarning 90 foizi mahalliy jurnalistlar.

Aksariyat muxbirlar mojaro zonalarida jon bergan. Xususan Suriyada shu yili 17 nafari o'lgan. Beshtadan jurnalist Iroq va Ukrainada, uchtadan Afg'oniston, Pokiston va Paragvayda, to'rt nafari Somalida nobud bo'lgan. Isroil-Falastin ixtilofi ham bu kasb egalarini ayamadi.

Hisobotda aytilishicha, qurbonlarning 38 foizi otishma paytida o'lgan bo'lsa, 43 foizini ataylab o'ldirishgan.