Bugungi dunyo suratlarda - 10-iyul, 2016
Xitoydagi nilufar dalasi
Britaniya Qirollik havo kuchlariga qarashli samolyotlar Formula Bir poygasi boshlanishi oldidan ko'rgazma uyushtirmoqda.
Endi Murri Londonda o'tgan tennis bo'yicha Uimbldon chempionati g'olibi bo'ldi.
Ispaniyadagi an'anaviy festivalda odamlar buqalardan qochib suvga sakramoqda.
Yosh yigit o'tgan hafta Bag'dodda yuz bergan portlashda vayron bo'lgan bino ichida o'tiribdi.
Ishchilar Xitoyning toshqin yuz bergan hududida elektr ustunlarini mustahkamlamoqda.
Hindiston Bosh vaziri (chapda) Narendra Modi Tanzaniyada do'mbira chalmoqda.
Janubiy koreyaliklar issiqdan hovuzda jon saqlamoqda.
Janubiy Koreyada Le Bao ismli panda to'rt yoshga to'ldi. U shu munosabat bilan muzdan qilingan tortni yalamoqda.
Rossiyaning Tver viloyatida rok musiqasi festivali bo'lib o'tmoqda.