Bugungi dunyo suratlarda – 24-iyul, 2023

Gretsiyaning Rodos orolida ikki quyon va mushukni yong'indan qutqargan o't o'chiruvchi. Quruq iqlim va shamollar tufayli o'rmon yong'inini nazorat qilish imkonsiz qolmoqda. Minglab aholi evakuatsiya qilingan. Sayyohlar o'z vatanlariga qaytmoqda.

Senegalda ag'darilib bir necha kishining o'limiga sabab bo'lgan qayiq sohilga tortilmoqda, Dakar.

Shvetsiyada neft bazasiga kirish yo'lini to'sib qo'yishda ishtirok etgan iqlim faoli Greta Tunberg hibsga olindi

Karachida toshqinlarga qaramay, tirikchilik davom etmoqda, Pokiston.
Quddusda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning adliya tizimi islohotiga qarshi chiqqan namoyishchilardan biri qo'lga olinmoqda
Moskvada dron hujumiga uchragan bino
Yaponiyada o'tayotgan jahon chempionatida AQSh sportchisi Aleks Volshning ishtiroki
"Twitter"ning yangi logotipi aks etgan bino, San-Fransisko, Kaliforniya shtati.