Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

Falastinlik o't o'chiruvchi G'azoning Isroil hujumiga uchragan asosiy elektr stansiyasida o'tni o'chirishga harakat qilmoqda.

Afg'onistonning Qandahor viloyatida xudkushlik hujumi yuz bergan joy yaqinida politsiyachilar yo'lovchilarni nazoratdan o'tkazmoqda. Hujumda prezident Hamid Karzayning yaqin qarindoshi Hashmat Karzay halok bo'lgan.

Kanadalik Josh Kassidi Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida ishtirok etmoqda.

Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida hindistonlik Sushil Kumar va nigeriyalik Melvin Bibo kurash tushmoqda.

Britaniya shahzodasi Garri Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlariga uyushtirgan tashrifi chog'ida qo'lida to'p bilan o'ynamoqda.

Argentinadagi o'yinchoqlar fabrikasida qo'g'irchoqning sochini tarashdan oldin uning boshida suv quyilmoqda.

NASA observatoriyasi tomonidan olingan suratda quyosh va oy tutilishi aks etgan.

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida musulmonlar eski Feruz Shoh Kotla masjidi yonida hayit namozini o'qimoqda.

Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi akvariumda g'avvos o'z mahoratini namoyish etmoqda.