Bugungi dunyo suratlarda - 30-iyul, 2024
Isroil ishg'oli ostidagi G'o'lan tepaliklarida raketa hujumi qurboni bo'lgan 12 nafar bola surati va formalaridan iborat "yodgorlik"
Efiopiya janubida tuproq ko'chishi oqibatida farzandi bedarak yo'qolgan ona
Venesuelada o'tgan prezident saylovi natijalaridan norozi fuqarolar namoyishga chiqdi.
Milliy saylov kengashi uchastkalarda ovoz berish to'xtatilganidan olti soat o'tib amaldagi prezident Nikolas Maduro g'alabasini e'lon qildi. Hisobotga ko'ra, Madura 51 foiz, muxolif raqibi Edmundo Gonzales 44 foiz ovoz to'plagan.
Mahalliy aholi, AQSh va Lotin Amerikasining qator mamlakatlari saylov adolatli o'tgani, ovozlar to'g'ri sanalganiga shubha bilan qaramoqda.
Parij-2024: 100 metrga suzish bo'yicha olimpiadada bellashayotgan shvetsiyalik sportchi
Parij-2024 olimpiadasida AQSh sha'nini himoya qilayotgan Simona Bayls
Jaziramada olimpiadaning volleybol bo'yicha bellashuvlarida Kuba-Braziliya uchrashuvini tomosha qilayotgan muxlislar
Olimpiadaga mezbonlik qilayotgan Parijda oqshom