Bugungi dunyo suratlarda - 8-iyul, 2022
Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Shinzo Abe 8-iyul kuni Nara shahridagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida otib o’ldirildi. Otishmani sodir etganlikda gumon qilinayotgan 41 yoshli Tetsuya Yamagami ismli shaxs qo‘lga olingan.
Arofat tog'iga yo'l olgan ziyoratchilar. Saudiya Arabistoni.
Qurbon hayitidan oldin Kobul bozorlari. Afg'oniston.
Rossiya armiyasi haqida yolg'on axborot tarqatganlikda ayblangan deputat sudda. Moskva.
San-Fermin festival yoxud buqadan qochish an'anasi. Ispaniya.
Tokio ko'chalari: Yaponiyaning Nara shahrida mamlakat sobiq bosh vaziri Shinzo Abe hayotiga suiqasd uyushtirildi.
1995-yildagi Srebrenitsa genotsidi qurboniga aylangan 50 odamning shaxsi aniqlandi. Potokari shahrida dafn etiladi. Bosniya.
Berlinda ukrainaliklar namoyishi. Germaniya.