Bugungi dunyo suratlarda - 3-iyun, 2024

Dehlida jazirama kunlar davom etmoqda, yuqori harorat o'nlab odam o'limiga sabab bo'ldi, Hindiston. 

G'azoda Isroil hujumlari oqibatida vayronalar ostida qolgan onasi uchun faryod chekayotgan opa-singillar, Xon-Yunus shahri. 

Xodimlar va savdo kompaniyalari vakillari Nyu-York fond birjasi tizimida yuz bergan texnik nosozlik bilan tanishmoqda
 

Meksikada o'tgan prezident saylovida Klaudiya Sheynbaum yetakchilik qilmoqda.
Milliy saylov instituti prezidenti bayonotiga ko'ra, dastlabki natijalar Sheynbaum saylovchilarning 58,3 foizdan 60,7 foizgacha ovozini to'plagan.

Uning muxolif raqibi Sochitl Galvesni 26,6 foizdan 28,6 foizgacha saylovchilar qo'llab-quvvatlagan. Xorxe Alvares Maynes tarafdorlari 10 foiz atrofida.Meksikaning amaldagi prezidenti Andres Lopes Obrador 3-iyun kuni o'zining hukmron partiyasi "Morena"dan nomzod Sheynbaumni saylovdagi yetakchilik va ehtimoliy g'alaba bilan qutladi.
61 yoshli iqlimshunos olima, mamlakat poytaxtining sobiq meri Sheynbaum Meksikaning 200 yillik tarixida ilk ayol prezidentga aylanishga yaqin turibdi. Raqiblari Sheynbaumga qo'ng'iroq qilib uning g'alabasini tan olgani xabar qilinmoqda. G'alaba saylov instituti tomonidan rasman tasdiqlansa, Sheynba

Eronda 28-iyun kuni o'tadigan prezident sayloviga o'z nomzodini qo'ygan diniy arbob Ahmad Akbariy vertolyot halokati qurboniga aylangan prezident Ibrohim Raisiy surati bilan

Gimnastika bo'yicha AQSh chempionatida Sunisa Li chiqishi, Texas. 

"Real Madrid" futbolchisi Nacho Chempionlar ligasi kubogi bilan, Ispaniya, 2-iyun, 2024.