Kashmirdagi otishmada 4 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Bugun Kashmirning Hindistonga qarashli qismida hukumat xavfsizlik kuchlari isyonchilar bilan o’q almashib, uch isyonchi va 45 yashar bir ayol o’lgan. Voqea Shrinagardagi mahallada ro’y bergan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 17-sentabr, 2020-yil

Isyonchilarga qarshi politsiya kuchlari va askarlar hududda jangarilar borligi haqida ma’lumot olib, mahallaga kirganida otishma boshlangan. Bir politsiyachining yaralangani ma’lum. Qurbon bo’lgan ayolning shu mahallada yashagani aytilmoqda.

Voqea ketidan mahalla ahli namoyish qilib, isyonchilar bilan birdam ekanini aytgan, Hindistonga qarshi shiorlar hayqirgan.

Tosh bilan qurollangan namoyishchilarni tarqatish maqsadida xavfsizlik kuchlari ko’zni yoshlantiruvchi gazni ishga solgan.

Hindiston ham, Pokiston ham Kashmirni o’ziniki deb keladi. Ikkiga bo’lingan o’lkada musulmonlar aholining katta qismini tashkil etadi. 1989-yildan beri hind boshqaruviga qarshi kurashayotgan isyonchilar hududning mustaqil bo’lishi yoki Pokistonga qo’shilishi tarafdori.

Dehli qo’shni Pokistonni isyonchilarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab keladi. Mojaroda shu kunga qadar o’n minglab odam jon bergan.