Qozog'istonda pul qadrsizlanganidan norozi odamlar namoyish qildi

  • Amerika Ovozi

Almatida namoyishchilar hibsga olindi. 15-fevral, 2014-yil.

Qozog’istonning Almati shahrida yuzlab odamlar namoyishga chiqib, milliy valyuta keskin qadrsizlanganidan shikoyat qilgan.

Ular iqtisodiy, ijtimoiy ahvol og’irlashganidan norozi. Isyonchilar yoshlardan iborat bo’lgani, ichki ishlar xizmati darhol eng faol namoyishchilarni qamoqqa olgani ma’lum. Aynan necha kishi ushlangani haqida aniq xabar yo’q.

Odamlar Almati markazida hokimiyat binosini qurshab olishga uringan. Militsiya g’alayon kuchayib tarqalib ketmasligi uchun tezda harakat qilgani aytiladi.

Namoyishchilar 73 yoshli prezident Nursulton Nazarboyevga qarata “Chol, ket!”, “Qozog’iston, olg’a!” deya hayqirgan.

Bir necha kun oldin shahar markaziy banki yonida ham norozilik chiqishlari o’tgan edi. Unda oddiy ishchilar, pensionerlar, ko'chmas mulk egalari ishtirok etgan.

Qonunga ko’ra, odamlar ommaviy yig’ilish o’tkazish uchun bir necha kun oldin hukumatdan ruxsat so’rashi kerak.

Milliy pul birligi, tenge, xususan, 19 foizga qadrsizlangan.

Almati, 15-fevral, 2014-yil.


Almati, 15-fevral, 2014-yil.