AQSh Laosga yordamni oshiradi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Laos Bosh vaziri Tongsing Tammavong bilan uchrashmoqda, Vyentyan, 25-yanvar, 2016-yil

Osiyo bo'ylab safar qilayotgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Qo'shma Shtatlar ochlik bilan yuzlashayotgan Laosga yordamni oshirmoqda. Kerri poytaxt Vyentyanda Laos bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi.

Kerrining aytishicha, AQSh Laos maktablarida o'quvchilarni oziq-ovqat bilan ta'minlash maqsadida olti million dollar ajratmoqda.

Kelasi oy Kaliforniya shtatida Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasining (ASEAN) sammiti o'tkaziladi. Kerri tashkilotga a'zo ayrim mamlakatlarda bo'lib, anjumanga tayyorgarlik bilan qiziqmoqda.

Qo'shma Shtatlar, shuningdek, Vyetnam urushi paytida havodan tashlanib, portlamay qolgan bombalarni zararsizlantirishga qaratilgan salkam 20 million dollarlik dastur uchun qo'shimcha pul ajratishi mumkin. AQSh samolyotlari tashlagan bombalarning 30 foizi portlamay, yillar davomida o'n minglab odamlar nobud va majruh bo'lgan.

Xitoy, Tailand, Kambodja, Birma, Vyetnam va Laos orqali o'tuvchi Osiyodagi eng uzun Mekong daryosidan unumli foydalanish uchun Qo'shma Shtatlar Laosni yuqori texnologiya bilan ta'minlamoqchi.

Mamlakat rahbarlari bilan uchrashuv chog'ida inson huquqlari, so'z erkinligiga doir masalalar muhokama etilgan.

Kerri Kambodja va Xitoyga ham borishi kutilmodqa.