Kerri: Falastin mustaqil davlat bo'lmaguncha tinchlik yo'q

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Obama ma'muriyatining so'nggi oyida Isroil va Falastin mojarosi yuzasidan o'z pozitsiyasini yana bir bor eslatib o'tdi.

Davlat departamentida so'zlar ekan, Kerri Falastin mustaqillikka erishishi, Isroil uni tan olishi va yangi davlat yahudiy qo'shnisi bilan yonma-yon yashay olishi shart, dedi.

Video (inglizcha)

Your browser doesn’t support HTML5

Secretary of State Kerry on UN resolution


Yaqinda BMT Xavfsizlik kengashida AQSh Isroilni himoya qilmadi. Bu rezolyutsiya loyihasida yahudiylar uchun qo'shimcha aholi punktlari barpo etish qoralanadi. Vashington bu qurilishlarga qarshi. Isroil esa BMT qaroridan norozi.

Kerrining aytishicha, Amerika Isroilning ittifoqchisi, yaqin hamkori bo'lib qoladi, lekin mintaqa kelajagi va tinchligi yuzasidan o'z qarash va takliflarini olg'a suraveradi.

"Do'st achitib gapiradi. Hamkorlik o'zaro hurmat va manfaatlarga asoslangan", - deydi Kerri.

Uning nazarida, Isroil buni unutib qo'ymoqda. Vashington Falastin taqdiriga befarq emas.

Isroil va Falastin ahli yo bir davlatda yashaydi yo ikki davlatda. Isroil yo yahudiy bo'ladi yo demokratik. Har ikkalasini tanlay olmaydi, birini tanlashi shart, deydi Kerri.

Isroil rahbari Benyamin Netanyahu Obama ma'muriyati bilan gaplashmay qo'ygan. Uning fikricha, hozirgi Oq uy va Davlat departamenti yahudiy xalqiga do'st ekanini unutib qo'ygan.

Kerri bu iddaoni rad etib, Isroilni real vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutishga chaqirmoqda. Arab aholi kelajagini ham o'ylash kerak, deydi bosh diplomat, tinchlikka yo'l hamjihatlikda.

Video (inglizcha)

Your browser doesn’t support HTML5

Two-state Solution in Serious Jeopardy

Yahudiy aholi uchun qurilayotgan posyolkalar, Iordan daryosining g'arbiy sohili

Falastin yoshlar, G'azo sektori

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyhu Obama ma'muriyati bilan gaplashmay qo'ygan