Turkiya Qoshiqchining o'limida yana olti saudiyalikni ayblamoqda

  • Amerika Ovozi

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsullik xizmatida 2018-yil oktabrida qatl etilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining o’limini Turkiya tergov qilarkan, prokurorlar yana olti saudiyalikka ayblov qo’ygan.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 24-noyabr, 2020-yil

Xususan vitse-konsul va konsullik xodimlaridan biri yovuz niyat bilan qasddan qotillik sodir etishda, yana to’rt saudiyalik ashyolarni yo’q qilish, yashirish yoki o’zgartirishda ayblanmoqda.

Bugun sud o’z ishini davom ettirgan, guvohlar, jumladan misrlik siyosatchi Ayman Nur ko’rsatma berdi. Shundan keyin sud ishida 4-martgacha tanaffus e’lon qilindi.

Qoshiqchi Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning o’g’li, valiahd shahzoda Muhammadning ashaddiy tanqidchilaridan edi. U qotillik sodir etilgan kun nikoh to’yi uchun zarur hujjatlarni olishga konsullik idorasiga borgan edi. Turk rasmiylariga ko’ra, uni ichkarida o’ldirib, chavoqlashgan, jasadi haligacha topilmagan.

Sentabr oyida Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan sud sakkiz odamni qotillikda ayblab, 7 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi belgilagan, biroq sudlanuvchilarning kimligi, ismlari oshkor etilmagan. Mustaqil kuzatuvchilar sud shaffof bo’lmaganini, ho’jako’rsinga o’tkazilganini qayd etgan.

Turkiya sudi qotillikka aloqadorlikda Saudiya Arabistoni razvedkasi rahbarlaridan birini va qirollik maslahatchisini ham ayblamoqda. Qoshiqchini o’ldirish uchun Saudiya Arabistonidan Turkiyaga 18 kishi jo’natilgani aytiladi.