Laosda samolyot halokatida mudofaa vaziri o’ldi

  • Amerika Ovozi

Kechagi halokat paytida samolyotda chamasi 20 yo’lovchi bo’lgani, ayrimlari omon qolgani ma’lum.

Qashshoq kommunistik davlat tashqi dunyodan yopiq va halokat haqida ma’lumot asosan Tailand manbalatidan olinmoqda. O'lganlar orasida vazir, rafiqasi bor.
Laosda harbiy samolyot qulashi oqibatida yuqori lavozimdagi ikki rasmiy halok bo’lgan. Hukumat tergov boshlab yubordi.

Kechagi halokat paytida samolyotda chamasi 20 yo’lovchi bo’lgani, ayrimlari omon qolgani ma’lum.

O’lganlar orasida mudofaa vaziri, general Duan-chay Pichit, uning rafiqasi va mahalliy hokim Sukan Maxarat bor.

Bu voqea Laos rahbariyatiga qanday ta’sir qilishi aniq emas.

Qashshoq kommunistik davlat tashqi dunyodan yopiq va halokat haqida ma’lumot asosan Tailand manbalatidan olinmoqda.

Mudofaa vaziri Dunchay Phichitning o'limi kommunistik mamlakatga qanday ta'sir qiladi?