Liviyada jangarilar neft koniga hujum qildi

  • Amerika Ovozi

Liviyada 2011-yilda Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag'darilganidan beri mamlakatda parokandalik hukm surmoqda.

Liviyada qurollangan kishilar seshanba kuni neft koniga bostirib borib, kamida 12 odamni, jumladan, to'rt xorijlikni o'ldirgan.

Liviya rasmiylarining aytishicha, o'lganlardan ikki nafari filippinlik ishchilar va yana ikki kishi Ganadan.

Ayrimlar otib o'ldirilgan, boshqalarining bo'g'ziga pichoq tortilgan.

Al-Mabruk neft konini Liviya firmasi boshqaradi, qisman Fransiyaning Total kompaniyasiga qarashli.

Hujum ortida kim turgani noma'lum.

Liviyada 2011-yilda Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag'darilganidan beri mamlakatda parokandalik hukm surmoqda.

Isyonchilar poytaxt Tripolida o'rnashib, o'z hukumatini tuzib olgan. Xalqaro hamjamiyat tan olgan ma'muriyat esa sharqiy viloyatlarga qochishga majbur bo'lgan.

Raqib isyonchi guruhlar Liviyaning neft konlarini nazorat qilish uchun o'zaro olishmoqda.