Malayziya samolyoti ichida 239 odam bilan bedarak ketgan

  • Amerika Ovozi
Kuala Lumpurdan Pekin tomon yo’l olgan Malayziya havo yo’llari samolyoti ichida 239 odam bilan g’oyib bo’lgan.

Oxirgi marta undan Vyetnam osmonida ketayotganida signal kelgan.

Boeing 777-200 rusumidagi samolyot Vyetnamning To Chu oroliga yaqin joyda qulagan bo’lishi mumkin degan xavotirlar bor.

Hozirda qidiruv ishlariga Malayziya, Xitoy va Filippin ham qo’shilgan.

Tailand va Vyetnam orasidagi bo'g'ozning ikki joyida yonilg'idan hosil bo'lgan dog'lari topilgan. Qidiruvchilar e'tiborni shu yerga qaratmoqda.

Samolyot bilan aloqa parvozdan bir soat o’tib, uzilgan. Yo’lovchilar 14 davlat fuqarolari, jumladan 152 nafari xitoylik, 38 nafari malayziyalik va 4 nafari amerikalik ekani ma’lum.

Malayziya havo yo'llari samolyoti Kuala Lumpurdan Pekinga uchayotib bedarak ketgan