Bugungi dunyo suratlarda - 12-mart, 2019

Savdo markazida yuz bergan yong'indan so'ng.  Nairobi, Keniya

Nyu-Delidagi Xitoy elchixonasi qarshisida norozilik namoyishiga chiqqan tibetliklarni politsiya to'xtatishga urinmoqda. Hindiston

Yevropa parlamentida ittifoqning kelajagi bo'yicha muzokaralar oldidan Britaniya bayroqlari qo'yilgan o'rinlar. Strasburg, Fransiya

AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden O't o'chiruvchilar xalqaro assotsiatsiyasi konferensiyasida so'zga chiqmoqda. Vashington shahri

Otlar poygasining ishqibozlari. Cheltengam, Britaniya

Jazoyir prezidenti beshinchi marta saylanish uchun kurashmasligini bildirib, 18-aprel kuniga belgilangan saylovlarni kechiktirdi. Fuqarolar mamlakatda tub islohotlar o'tkazishni talab qilib, rangli qog'ozlarga o'z arzlarini yozmoqda 

Quyosh botishi. Bangkok, Tailand