Bugungi dunyo suratlarda – 13-mart, 2023
Malavida toshqin talafotlari
Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishlar va ish tashlash tufayli Parij ko'chalarida olib ketilmagan 5400 tonna axlat to'planib qoldi
Janubiy Afrikada maosh va ishchilar huquqlari bo'yicha aksiyalar o'tmoqda
Aksariyati venesuelalik migrantlar AQSh-Meksika chegarasidan noqonuniy o'tishga urinmoqda. 12-mart, 2023.
60 yoshli malayziyalik Mishel Yeo Oskar mukofotini olgan ilk osiyolik aktrisa sifatida tarixga kirdi. Uning ishtirokidagi "Barchasi, har yerda va bir lahzada" filmi eng yaxshi kinokartina nominatsiyasi bo'yicha ham Oskarga loyiq ko'rildi.
Ushbu film rejissorlari Den Kvan va Den Shaynert "Eng yaxshi rejissor" nominatsiyasida Oskar sohibiga aylandi.
Ikkinchi plandagi rollari uchun eng yaxshi aktyor va aktrisa yo'nalishida shu film ishtirokchilari Ke Xyu Kvan va Jeymi Li Kyortis g'olib bo'ldi.
Politsiya mahkamasida to'plangan o'g'irlangan mototsikllar. Paragvay.
Yaponiyada Budda diniga oid olovdan yurib o'tish marosimi. Tokio, 12-mart, 2023.
Tailandda Fillar kuni nishonlandi
Puerto-Riko sirk festivalida yaponiyalik sirk ustalari