Bugungi dunyo suratlarda - 18-mart, 2019

Otishmadan so'ng qidiruv operatsiyasi. Utrext, Niderlandiya.
 

Masjid Al-Nur juma namozida otishmada halok bo'lganlarni xotirlab, ziyoratchilar tashrif buyurmoqda. Yangi Zelandiya.

Suriya Demokratik kuchlari "Islomiy davlat" qo'nim topgan so'nggi makon - Bag'uz qishlog'iga zarba bermoqda. Odamlar portlash oqibatida ko'tarilgan bo'ron ichida qochib chiqmoqda

Turkiya politsiyasi kurd mahbusining o'limi munosabati bilan namoyishga chiqqanlarni tarqatish uchun suv purkaydigan uskunadan foydalanmoqda. Diyarbakir shahri.

Tadbir uchun maxsus tayyorlanayotgan chodir. Shri-Lanka.

Avliyo Patrik kunida bayram kayfiyati. Dublin, Irlandiya.

Eng uzun bayram stoli bo'yicha Ginnes rekordlar kitobiga kirishga urinish. Parij, Fransiya.
 

Ikki kunlik rok festivalidan. Meksika.