Bugungi dunyo suratlarda - 2-mart, 2020

Tokioda Shinagava bekatidagi yo'lovchilar. Yaponiya, 2-mart, 2020.
 

Manilada o'nlab kishilarni garovga olgan sobiq xavfsizlik qo'riqchisi Archi Paray politsiya tomonidan qo'lga olindi. Filippin, 2-mart, 2020.
 

Haydarobodda koronavirus bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan kishilar uchun mo'ljallangan lift. Hindiston. 2-mart, 2020.

Janubiy Koreyadagi "Shuncheonji" cherkovi asoschisi Li Man-xi ibodatxonaning koronavirus bilan kasallangan a'zosi epidemiya tarqalishiga sababchi bol'gani uchun tiz cho'kib uzr so'radi. Janubiy Koreya, 2-mart, 2020.
 

Demokratlardan prezidentlikka da'vogar gomoseksual Pit Butejej nomzodlik kurashidan chiqqanini e'lon qilgandan so'ng turmush o'rtog'i Chasten Butejejni bag'riga bosdi. Indiana, 1-mart, 2020.

Rio-de-Janeyroda kuchli yomg'irdan so'ng. Braziliya, 2-mart, 2020.

Parijda moda haftaligi. Fransiya, 2-mart, 2020.