Bugungi dunyo suratlarda - 22-mart, 2019

Ikkinchi Jahon Urushi qurbonlari xotirasiga bunyod etilgan yodgorlikka gullar qo'yilmoqda. Bu yerda 1943-yilning 22-martida natsistlar 149 nafar qishloq aholisini qatl qilgan. Ularning aksariyati bolalar va ayollar bo'lgan. Belarus. 

15-mart kuni ikki masjidda uyushtirilgan otishma qurbonlaridan birining dafn marosimi. Yangi Zelandiya. 

Kimyoviy zavod portlashi kamida 44 kishining o'limiga sabab bo'ldi. Xitoy. 

Navro'zni nishonlayotgan kurdlardan iborat kemaning cho'kib ketishi oqibatida 21-mart kuni yuzdan ziyod odam halok bo'lgan.  Iroqliklar Tigris daryosi bo'yiga kelib, halok bo'lganlar haqqiga duo qildi. Musul shahri. 

Ko'chada yuvinayotgan kishi. Hindiston.

Gullar dalasida. Kaliforniya shtati.

Axlatga to'la kanal bo'ylab. Manila, Filippin. 

Quyosh taftida isinayotgan chumolilar to'dasi. Minsk, Belarus. 

Ilk oilaviy sayr.  Germaniya.