Bugungi dunyo suratlarda - 25-mart, 2019

1949-yilning 25-28-mart kunlari 22 ming estoniyalik sharqqa deportatsiya qilingan. Ularning aksariyati ortga qaytmagan. Vatandoshlar ana shu mash'um sanaga 70 yil to'lgani munosabati bilan shahar ko'chalariga minglab shamlarni yoqib qo'ydi. Tallin.

Tadbirda Rim papasiga sviter uloqtirildi. Loreto, Italiya. 

Muzey xodimi ko'rgazmaga qo'yilayotgan kit skeletini so'nggi bor tekshiruvdan o'tkazmoqda. Lion, Fransiya.

Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron (o'ngda) va Xitoyning birinchi xonimi Peng Liyuan opera uyi qarshisida to'plangan aholi bilan ko'rishmoqda. Parij, Fransiya.

Yarmarka bozori ishchilari bozorni shahar markaziga qaytarishni talab qilib, temir yo'lni to'sib qo'ydi. Le-Man, Fransiya.  

Politsiyachi sapyor raketa tushgan uyni tekshirmoqda. Tel-Aviv, Isroil. 

Tel-Avivga uyushtirilgan raketa hujumiga javoban Isroil qo'shinlari G'azo shahriga havodan zarba bermoqda

Moda haftaligidan. Pekin, Xitoy.