Bugungi dunyo suratlarda - 25-mart, 2020

To'y kunida kelinga dezinfeksiya suyuqligi sepilmoqda. Indoneziya, 25-mart, 2020-yil.
 

Masofa saqlash maqsadida ba'zilar mehmon chaqirmay, tug'ilgan kunni mashinada sayr qilib nishonlamoqda. AQSh, 24-mart, 2020-yil.

Janubiy Afrikada 21 kunlik karantin e'lon qilindi. 25-mart, 2020-yil.
 

Karantin davrida Pokistonda ba'zi hudularda bepul oziq-ovqat tarqatilyapti. 25-mart, 2020-yil.

Koronavirusdan vafot etgan bemorni murdasi olib ketilyapti. Ispaniya, 25-mart, 2020-yil.

Ikki oylik farzandini virusdan saqlash uchun qo'lbola himoya vositasi tayyorlagan ota. Xitoy, 25-mart, 2020-yil.
 

Koronavirusga qarshi kurashish chorasi sifatida askarlar aholiga oziq-ovqat tarqatmoqda. Gonduras, 25-mart, 2020-yil.