Bugungi dunyo suratlarda - 26-mart, 2024
Hindistonda Xoli bayrami
Merilend shtatining Baltimor shahrida 26-martga o'tar kechasi yuz bergan to'qnashuv natijasida to'rt yo'lakli ko'prik qulab tushdi. Kechasi soat birlar atrofida yuk kemasi ko'prikning ustunlariga urilib ketgan. Natijada, ko'prikning zarba yegan qismi qulab, bir necha avtomobil suvga cho'kkan. Ikki kishi qutqarilgan. Bedarak yo'qolgan qariyb 20 kishi qidirilmoqda.
Meksikaning Verakrus shtatida o'rmon va butazorlar yonmoqda
AQSh-Meksika chegarasiga yetib kelgan 18 yoshli venesuelalik migrant Jolimar ikki yoshli farzandi bilan isinishga urinmoqda
"Oddiy inson" partiyasi liderining qamoqqa olinishi ortidan Dehlida norozilik namoyishi
Londonda "WikiLeaks" asoschisi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilish masalasi bo'yicha sud ketar ekan, uning rafiqasi Stella Assanj Oliy sud qarshisida
Albaniyada to'lin oy manzarasi