AQShda Martin Lyuter King xotirlanmoqda

  • Amerika Ovozi

AQShda bugun federal bayram. Qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan faol Martin Lyuter King xotirlanmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 17-yanvar, 2022-yil

1955-yilda King janubdagi Alabama shtatida jamoat avtobuslarida oq va qora tanli yo’lovchilarni ajratish siyosatiga qarshi harakat boshlaydi.

Mamlakat bo’ylab ham irqiy tenglik uchun tinch namoyishlar o’tkaziladi.

1964-yilda Martin Lyuter King Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ladi. O’sha yili AQSh Prezidenti Lindon Jonson “Fuqarolik huquqlari haqida”, bir yil o’tib esa “Saylov huquqlari haqida” qonun loyihalarini imzolaydi. Mazkur hujjatlar odamlarni jamoat joylarida irqiga qarab ajratish va qora tanlilarning saylovda ovoz berishiga to’sqinlik qilishni noqonuniy qildi.

Kingning “Orzuim bor” degan nutqi mashhur bo’lib ketadi.

Fuqarolik huquqlari yetakchilariga ko’ra, uning ovoz berish tengligiga qaratilgan kurashi bugungi kunda ham dolzarb.

"Doktor King “adolatli sudyalarni saylashimizga imkon bering, dardimizga quloq soladigan vakillarni saylashimizga imkon bering, jinoiy odil sudlov dasturini tushunadigan odamlarni saylashimizga imkon bering” degan”, - deydi huquqshunos Sherrilin Ifill.

O’tgan hafta AQSh prezidenti va vitse-prezidenti Jorjiyada bo’lib, Martin Lyuter King dafn etilgan joyni ziyorat qildi.

“Nafaqat Jorjiya shtatida, balki o’tgan yilning o’zida 19 ta shtatda saylov huquqlariga qarshi 34 ta qonun qabul qilindi. Shtat kengashlaridagi respublikachi qonunchilar salkam 400 ta qo’shimcha hujjatni o’tkazishga harakat qildi. Ushbu qonunlar kim saylashini ortiq cheklayotgani yo’q, ular ovoz berishni qiyinlashtirishga, ovozlarni kim hisoblashini aniqlashga qaratilgan”, - dedi Bayden.

Respublikachilar Bayden tanqidlarining asossiz ekanini aytarkan, saylov tizimini himoya qilishayotganini da’vo qilishyapti.

Bu o’rtada o’tmishda irqchilikka aloqasi bor tarixiy shaxslarga qo’yilgan haykallar olib tashlanmoqda.

“Va’da qilingan zaminni ko’rdim. Men u yerga yeta olmasam kerak, ammo ishontirib aytamanki, xalq sifatida albatta bir kun o’sha yerda bo’lamiz”, - degan edi Martin Lyuter King.

Fuqarolik huquqlari kurashchisi 1968-yilda otib o’ldirilgan. Uning mashhur gaplari irqiy adolat uchun kurashayotgan amerikaliklarni hamon ruhlantirib kelmoqda.