Bugungi dunyo suratlarda – 12-may, 2023

Islomobodda Pokistonning bir kun avval hibsdan ozod etilgan sobiq bosh vaziri Imron Xon ustidan sud davom etmoqda. 12-may, 2023.
 
Pokiston Oliy sudi Imron Xonni garov evaziga qo'yib yuborgan va hukumatga Xonni korrupsiya ayblovi bo'yicha hibsga olmaslik to'g'risida ko'rsatma bergan.

G'azo sektorida Isroil uyushtirgan havo hujumlaridan keyingi manzara

AQSh-Meksika chegarasida to'plangan migrantlar

Angliyaning Levens-Xoll hududidagi ko'hna xiyobon

Ispaniyada Braziliyaning baliqchi kemasidan 1500 kilogram kokain topildi

Tailandda saylovoldi uchrashuvlari

Kambodjada o'tayotgan Janubi-sharqiy Osiyo o'yinlarida oyoqda o'ynaladigan volleybol musobaqasi